Аndijonda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar


Andijon viloyatida jamoat transportini rivojlantirish maqsadida viloyatda avtobus hamda mikroavtobus sotib olish istagida bo‘lgan tadbirkorlik sub’yektlariga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Qaror talablari bo‘yicha kredit imtiyozlari, tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab quvvatlash jamg‘armasi tomonidan taqdim etiladigan moliyaviy ko’maklar va ish faoliyati mobaynida mahalliy davlat hokimiyati mablag’lag’lari evaziga subsidyalar ajratilishi bo‘yicha tushuntirishlar berib o‘tildi.
Vazirlar Mahkamasining Qarori talablari asosida qishloqni tuman markazi bilan bog‘lovchi, tuman markazini viloyat markazi bilan bog‘lovchi yo‘nalishlarda jamoat transportini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun 2021 – 2022 yillarda Andijon viloyatida jami 66 yo‘nalish ochish ko‘zda tutilgan
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI