Andijon avtovokzali va Ulug‘nor tumani markazi yo‘nalishida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.


Viloyatda jamoat transportini rivojlantirish maqsadida amaliy ishlar amalga oshirilmoqda. Hususan qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog’lash bo’yicha Andijon shahri va viloyatning eng uzoq tumanlaridan biri Ulug‘nor tumani o‘rtasida sinov tariqsida avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Yo‘nalishga “Ulug’ paxta trans” MCHJ tomonidan 3 ta Isuzu rusumli avtobuslar qatnovi sinov tariqasida yo’nalishlarda yo’lovchi tashishni boshladi.
Shuningdek, yo’nalishda avtobuslar sonini 4 taga ko’paytirish rejalashtirilmoqda.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI