OLIS HUDUDLARNI JAMOAT TRANSPORTI BILAN QAMRAB OLISH

Bugungi kunda jamiyatimizda olib borilayotgan islohatlar natijasi o‘laroq, aholiga arzon sifatli hamda хamyonbop transport xizmatini ko‘rsatish maqsadi ilgari surilib kelinmoqda.
Hususan, shahar jamoat transportini rivojlantirish bilan bir qatorda qishloqni – tuman markazi bilan, tuman markazini – viloyat markazi bilan bog‘lovchi shahar atrofi va shaharlararo (viloyat ichki) yo‘nalishlarida ham jamoat transportini rivojlantirish ustuvor vazifa etib belgilangan.
Shunga asosan, Transport vazirligining Yuk tashuvlar tahlili va muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Ashurov Akobir Samijonovich Andijon viloyatida yo‘lovchilarga jamaot transporti xizmatini ko‘rsatuvchi tashuvchilar bilan ochiq muloqot olib bordi.
Ochiq muloqot davomida transport korxonalariga berilishi ko‘zda tutilayotgan subsidiyalar va undan foydalanish tartibi bilan yaqindan tanishtirib o‘tib, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-oktabrdgi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630-sonli hamda 2012 yil 17 sentyabrdagi “Umumiy foydalaniladigan transportda yo‘lovchi tashuvchilar faoliyatini hamda ularni moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 273-sonli qarorlari ijrosi bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi.
Shuningdek, ochiq muloqotda birinchi navbatda jamoat transportidagi muammolar, olis hududlarni jamoat transporti bilan qamrab olish, subsidiyalashdagi amaldagi holat, hududlardagi jamaot transporti bilan ta’minlanganlik holati hamda ushbu ishlar bo‘yicha tuzilgan yo‘l haritalarining ijrosi muhokama etildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI