Sport bu – sog‘lik, sport bu – yoshlik, u shahdu shijoat, barkamollik va etuklik demakdir

14.12.2021

Shuning uchun ham mamlakatimizda sport ravnaqiga, xalqimizni sportga ommaviy tarzda keng jalb etishga, ayniqsa, kelajagimiz egalari bo‘lgan yosh avlodni har jihatdan etuk va komil insonlar sifatida ulg‘aytirishga yuksak darajada e’tibor qaratilmoqda.

 

   Bugun sportni ommaviylashtirish, xususan, sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish bo’yicha har bir soha vakillari xodimlarining sport bilan shug’ullanishiga keng e’tibor qaratmoqda.

 

   Hususan, Transport boshqarmasi ham ommaviy sportni keng targ’ib etish xodimlarining sog’lom, etuk va turli xil kasalliklarga qarshi doimiy immunitet tizimini shakllantirish ва jismoniy faoliyat orqali хodimlarning ish faoliyatini yaxshilashni maqsad etib xodimlar o’rtasida fudbol musobaqalari tashkil etib kelmoqda.

 

Shunga asosan bugun Transport boshqarmasi inspektorlati o’rtasida fudbol musobaqasi tashkil etildi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI