Andijonda 2021 yil mobaynida 58 385 ta yo‘lovchi havo kemalari orqali tashilgan.

19.01.2022

    Ma’lumki Z.M Bobur nomidagi Andijon xalqaro aeroporti orqali 2021-yilda havo kemalarida jami 247 ta qatnov amalga oshirilgan bo‘lib, ularning 128 tasi MDH davlatlariga va 119 tasi Respublika miqyosiga to‘g‘ri keldi.

 

  Aeroport orqali jo‘nab ketgan yo‘lovchilar soni 30934 kishini tashkil etib, shundan 18916 kishi MDH davlatlariga to'g'ri kelgan bo'lsa, 12018 kishi mahalliy yo‘nalishlarga to'g'ri keldi.

    Aeroport orqali 27451 kishi uchib kelgan bo‘lib, MDHga 15685 kishi to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, Respublikamizning boshqa hududlariga 11766 kishi uchib ketgan.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI