JAMOAT TRANSPORTI SIFAT JIHATDAN YANGILANMOQDA


Andijonga “ZHONG TONG BUS” LTD tomonidan ishlab chiqarilgan 6 ta avtobus va shu korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 3 ta mikroavtobuslar keltirildi.
Ushbu transport vositalarini Andijon shahri hududi hamda Andijon - Asaka yo‘nalishiga qo‘yish rejalashtirilmoqda.
Ma'lumot uchun, 2022 yil davomida viloyatimizga 14 ta avtobus hamda 37 ta mikroavtobus olib kelinishi belgilangan.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI