2022 YILDA VILOYATDA JAMOAT TRANSPORTI YANADA RIVOJLANADI

06.01.2022

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2021-yil 8-oktyabrdagi “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 630 – son qarori 1-ilovasiga asosan 2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog‘laydigan yangi avtobus yo‘nalishlarini tashkil etishning Maqsadli parametrlari doirasida Andijon viloyatida 8 ta shahar, 43 ta shahar atrofi, 8 ta shaharlararo (Viloyat ichida) yo‘nalishlari tashkil etilishi belgilangan.

 

Kuni kecha Andijon shahriga yana 6 ta zamonaviy rusumdagi ZHU YONGHU avtobuslari olib kelindi.

 

Ushbu avtobuslar Maqsadli parametrlari doirasida olib kelindi. Hozirda ushbu avtobuslarni yo’nalishlarga joylashtirish bo’yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI