“Prava”ni yangisiga almashtirish uchun qayta imtihon topshirish kerak emas!


DXA Samarqand viloyat boshqarmasi Axborot xizmatif’lumotiga ko‘ra, aholiga qulaylik yaratish maqsadida, haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagi guvohonomaga almashtirish muddati 2022 yil 31 dekabrga qadar davom etadi.
Almashtirish jarayonida qayta imtihon varaqasi talab etilmaydi.
❗️ Eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari quyidagi muddatlarda yangisiga majburiy almashtiriladi:
● 2010 yilgacha berilganlari – 2022 yil 31 martgacha;
● 2010–2012 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 iyungacha;
● 2013–2015 yillarda berilganlari – 2022 yil 30 sentabrgacha;
● 2015 yildan keyin berilganlari – 2022 yil 31 dekabrgacha.