OCHIQ TENDERLARNI O‘TKAZISH TO‘LIQ RAQAMLASHTIRILDI

23.02.2022

   O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan.


   Ushbu qaror shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilab beradi.


   Qaror asosida birinchi navbatda ochiq tenderlar inson omilisiz bo‘lib tadbirkorlar uchun birmuncha qog‘ozbozliklarning oldi olindi.


   Ushbu qaror talablarini hamda elektron platformada ishlash tizimini samarali tashkil etish, tadbirkorlik subyektlarining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida transport boshqarmasi xodimlari ishtirokida Andijon shahridagi raqamli texnologiyalar markazida o‘quv seminari tashkil etildi.


O‘quv seminari davomida 30 dan ortiq tadbirkorlarning huquqiy savodxonligini oshirildi.

Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI