RAQAMLI PLATFORMADA TADBIRKORLARNI ISHLASH JARAYONI ORTMOQDA

24.02.2022

      Bugun Andijon viloyati transport boshqarmasi Andijon shahridagi raqamli texnologiyalar markazida navbatdagi o‘quv seminarini tashkil etdi.

   O‘quv seminari davomida tadbirkorlarning ochiq tenderlarda faol qatnashishlari hamda platformaning afzalliklari va tadbirkorlar tomonidan bajariladigan amallar xususida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.

     Bugungi o‘quv seminari davomida 50 dan ortiq tadbirkorlar tender platformasida qatnashishi bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘ldilar.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI