TEMIR YO‘L KESISHMALARIDA HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH

28.02.2022

   Bugungi kunda temir yo‘l kesishmalarida transport vositalarini poyezdlar bilan to‘qnashuvi aksariyat hollarda og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarining sodir bo‘lishiga olib kelmoqda.

   Albatta ushbu hodisalar asosan haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga amal qilmasliklari va yo‘llarda haydovchilarning bir-birlariga yo‘l bermasliklari natijasida sodir etilmoqda.

   Andijon viloyati transport boshqarmalari ham yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat boshqaruvi organlari hisoblanib, yo‘nalishlarda harakat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha berilgan vazifalarni tegishli tartibda o‘z vaqtida bajarib kelmoqda.

  Bugun Transport boshqarmasi xodimlari Temir yo‘llar masofasi UK mutasaddi rahbarlari bilan bilan birgalikda qo‘riqlanadigan va qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmalar o‘tgan yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi.

   Ochiq muloqot davomida haydovchilarga temir yo‘l kesishmalarida yo‘l belgilariga va svetafor chiroqlariga hushyor bo‘lishlari hamda qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmalarida belgilangan tartibda to‘xtash belgisiga amal qilib poyezdlar harakatlanmayotganligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng harakatlanishlari yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI