Chekka hududlarda jamoat transporti harakatlarini tashkil etish


2021-yilda "Alpomish Merosi" MCHJ tomonidan zamonaviy rusumdagi avtobuslar olib kelinishi natijasida 394 – sonli "Andijon qishloq xo‘jaligi oliygohi – Pistamozor" yo‘nalishida 16 ta zamonaviy rusumdagi avtobuslar qatnovi tashkil etilgan. Ushbu yo‘nalish Andijon tumani markazini Andijon shahri markazlari bilan bog‘lovchi asosiy yo‘nalishdir. Ushbu yo‘nalish 20 ta MFY qamrab oladi.
Andijon shahrining zich ko‘chalarini kengaytirilishi natijasida shahar aholisi zamonaviy turar joylar bilan taʼminlash maqsadida Xo‘jaobod tumanida joylashgan hududda (Andijon shahriga yondosh hududda) Mustaqillikning 30 yilligi massivi tashkil etildi. Ushbu massiv fuqarolari asosan Andijon shahrida istiqomat qiluvchi shahslar hisoblanganligi sababli hamda ularga qulay jamoat transporti yaratish bo‘yicha 394 – sonli “Andijon qishloq xo‘jaligi oliygohi – Pistamozor” yo‘nalishiga o‘zgartirishlar kiritilib 2022-yildan 394 – sonli “Andijon qishloq xo‘jaligi oliygohi – Mustaqillikning 30 yilligi (Qozoq)”ga o‘zgartirildi.
Bugungi kunda yo‘nalishdagi avtobus transport vositalari 20 ta yetkazilib yo‘nalishdagi avtobuslarning interval vaqti 10 minut etib belgilandi. Yangi yo‘nalish tashkil etilishi natijasida 23 ta MFY jamaot transporti bilan qamrab olindi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI