2021-YILDA VILOYATDA YUK TASHISH 106,9% GA ORTGAN 

03.02.2022

Mustaqillik yillarida transport va kommunikatsiya tizimini strategik rivojlantirish bo‘yicha katta ishlar amalga oshirildi.

Mamlakatimizda yaratilgan samarali transport tizimi tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va boshqa mamlakatlar bilan integratsiyalashuv omilidir.

Yuk tashish. 2021-yil yanvar-dekabr oylarida avtomobil transporti tomonidan
43,9  mln. tonna yuk tashilgan bo‘lib, o‘sish sura’ti 2020-yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 103,0 % ni tashkil qildi.

Yuk aylanmasi avtomobil transporti turlari tomonidan 923,4 mln. t-km.ni tashkil etdi va 2020- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan o‘sish sur’ati 106,9 % ni tashkil qildi.

Avtomobil transportida yuk tashish va yuk aylanmasi
(2021- yilning yanvar-dekabr holatiga)

 

2021- yil
yanvar-dekabr

2020- yilning
yanvar-dekabrga

nisbatan
% hisobida

Tashilgan yuk, mln. tn

43,9

103,0

Yuk aylanmasi, mln. t-km

923,4

106,9

 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning avtomobil transportida yuk aylanmasining o‘sish sur’ati 2020- yilning yanvar-dekabr oylariga nisbatan 105,7 % ni tashkil etdi va 469,5 mln.
t-km. ga yetdi. Yuk aylanmasining umumiy hajmida xususiy yuk tashuvchilarning ulushi 50,8 % ni tashkil etdi (2020- yilning yanvar-dekabr oylarida 51,4 %).

Andijon viloyatining shahar  va tumanlari kesimida tashilgan yuk bo‘yicha yetakchi o‘rinni Andijon shahri (19 038,0 ming tonna) egallaydi. Shu bilan birga, eng yuqori ko‘rsatkichlar Asaka (3 041,6 ming tonna) tumani,  Andijon (2 810,4 ming tonna) tumanlarida kuzatildi.

Tashilgan yo‘lovchining umumiy hajmida hududlarning ulushi, % da
(2021- yil yanvar-dekabr)

 

 

Shahar va tumanlar kesimida tashilgan yo‘lovchining yuqori ulushi bo‘yicha yetakchi o‘rinni Andijon (41,7 %) shahri egalladi. Shu bilan birga Asaka (9,8 %), Andijon (6,0 %) tumanlarida kuzatildi.

Viloyatning yo‘lovchi aylanmasi hajmida yetakchi o‘rinni Andijon shahri
(4 971,1 mln. yo‘lovchi-km) egalladi. Shu bilan birga eng yuqori ko‘rsatkich bilan Asaka (1 289,2 mln. yo‘lovchi-km), Andijon (722,2 mln. yo‘lovchi-km) tumanlarida kuzatildi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI