8 MART XALQARO XOTIN QIZLARI KUNI MUNOSABATI


Kirib kelayotgan bayram munosabati bilan aziz va moʻtabar bo‘lgan ayol zoti haqida so‘z yuritar ekanmiz, avvalambor, bizni dunyoga keltirgan, oq sut berib voyaga yetkazgan Ona siymosi oldida bosh egib taʼzim qilamiz.
Bugun boshqarma inspektorlari va viloyat IIB YHXB inspektorlari birgalikda 8 mart xalqaro xotin qizlari kuni kirib kelishi munosabati bilan barcha ayollarni tabrikladi.
Tabriklarda ayollarga kirib kelayotgan bayram shukuhini oshirish hamda yurtimizda hozirgi bahor yangilanish, yasharish uyg‘unligini his etib doimo xursandchilikda bo‘lishlari taʼkidlanib gullar tarqatildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI