Qo‘shma nazorat tadbirlari


Bugun yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarning ish, dam olish vaqtlariga rioya etishlari hamda yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilarning belgilangan gabarit yuklarining cheklangan parametrlariga rioya etishlari yuzasidan Bo‘ston tumanida IIB YHXB hamda transport boshqarmasi inspektorlarining qo‘shma nazorat tadbirlari o‘tkazildi.
Nazorat tadbirlari davomida aniqlangan kamchiliklar hamda qonun buzilish holatlari yuzasidan tegishli tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI