HARAKAT XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH BO‘YICHA O‘TKAZILGAN NAVBATDAGI OCHIQ MULOQOT


Andijon viloyati transport boshqarmasi ham yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlash sohasidagi davlat boshqaruvi organlari hisoblanib, yo‘nalishlarda harakat xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha berilgan vazifalarni tegishli tartibda o‘z vaqtida bajarib kelmoqda.
Bugun Transport boshqarmasi xodimlari Temir yo‘llar masofasi UK mutasaddi rahbarlari bilan bilan birgalikda Jalaquduq tumanida qo‘riqlanadigan va qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmalar o‘tgan yo‘nalishlarda yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashuvchi korxona rahbarlari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqot davomida tashuvchi korxona raxbarlariga haydovchilarining temir yo‘l kesishmalarida yo‘l belgilariga va svetofor chiroqlariga hushyor bo‘lishlari hamda qo‘riqlanmaydigan temir yo‘l kesishmalarida belgilangan tartibda to‘xtash belgisiga amal qilib poyezdlar harakatlanmayotganligiga ishonch hosil qilgandan so‘ng harakatlanishlarini yetkazishi yuzasidan tavsiyalar berib o‘tildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI