MILLIY TASHUVCHILARNI QO‘LLAB QUVVATLASH


Bugungi kunda milliy tashuvchilarni qo‘llab quvvatlash hamda Respublikamiz ichki hududlarida yuk tashuvlarni amalga oshirayotgan chet-el tashuvchilarini aniqlash va tegishli tartibda taʼsir choralarini qo‘llash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan bugun Do‘stlik bojxona postidagi nazorat tadbirlarida xorijiy avtokorxonalarga tegishli bo‘lgan yuk avtotransportlari haydovchilarining transport vositalariga tegishli bo‘lgan litsenziya kartochkalari va tegishli ruxsatnomalari o‘rganildi.
O‘rganishlar natijasida qonun buzilish holatlari kuzatilgan xorijiy tashuvchi korxonalarining haydovchilariga ogohlantirishlar berib o‘tildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI