Tirbandliklarni olidini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar


Bugungi kunda ko‘plab yo‘nalishli taksi haydovchilari tomonidan Andijon shahrining ichki ko‘chalariga noqonuniy to‘xtab turish joylari tashkil qilinayotgani shaharning ichki ko‘chalarida tirbandliklar keltirib chiqarayotganligi sababli IIB YHXB inspektorlari hamda transport boshqarmasi xodimlari ishtirokida noqonuniy to‘xtab turish joylari tashkil etilgan ichki ko‘chalarda yo‘nalishli taksi haydovchilari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilib, haydovchilarga qulay bo‘lgan avtostansiya va avtovokzal hududlarida yo‘lovchilarni olish va tushirishlari bo‘yicha tushunchalar berib o‘tildi.
Albatta yo‘lovchi tashish faoliyatida birinchi navbatda harakat xafvsizligi hamda insonlarning hayoti va sog‘lig‘i barcha uchun muhim ekanligi haydovchilarga ochiq muloqotlar davomida aytib o‘tildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI