NAVBATDAGI TENDER TANLOVI

E ‘ L O N !
2022 - yil 07 - iyun soat 15 00 da
№ |
Yo‘nalish raqami |
Yo‘nalish nomi |
Yo‘nalish turi |
Shahar ichi avtobus yo‘nalishlari |
|||
1. |
SHI-222 |
“Pistamozor - Shaxidtepa” |
Avtobus |
2. |
SHI-55 |
“Zavroq – Jaxon bozor” |
Avtobus |
|
|
|
|
Shaxar atrofi avtobus yo‘nalishlari |
|||
3. |
SHAY-443 |
“Shaxrixon AS-Andijon AV” Ikki tomondan |
Avtobus |
4. |
SHAY-454 |
“Eski shaxar-Poytug‘” |
Avtobus |
5. |
SHAY-449 |
“Oltinko‘l-Chinobod” |
Avtobus |
Shaxar atrofi yo‘nalishli taksi yo‘nalishi |
|||
6. |
SHYT- 253 |
“Ulug‘nor AS-Bo‘ston MFY” |
Damas |
7. |
SHYT- 273 |
“Terakzor MFY-Ulug‘nor avtostansiyasi” |
Damas |
8. |
SHYT- 368 |
“Marhamat avtostansiyasi-To‘lg‘a MFY” |
Damas |
9. |
SHYT- 367 |
“Qoraqo‘rg‘on MFY-Paxtaobod” |
Damas |
10. |
SHYT- 246 |
“Otchopar MFY-Andijon avtovokzali” |
Damas |
11. |
SHYT- 303 |
“Baliqchi avtostansiyasi-Ulug‘nor avtostansiyasi” |
Damas |
12. |
SHYT- 302 |
“Ulug‘nor avtostansiyasi-Chinobod avtostansiyasi” |
Damas |
13. |
SHYT- 301 |
“Baliqchi avtostansiyasi-G‘alaba” |
Damas |
14. |
SHYT- 263 |
“Bo‘z avtostansiyasi-Yakkatol” |
Damas |
15. |
SHYT- 264 |
“Shaxrixon avtostansiyasi-Xonqo‘riq” |
Damas |
16. |
SHYT- 269 |
“Bo‘z avtostansiyasi-Bobur” |
Damas |
17. |
SHYT- 346 |
“Xonabod avtostansiyasi-Qorasuv” |
Damas |
18. |
SHYT- 322 |
“Asaka avtostansiyasi-Qo‘ng‘irot” |
Damas |
19. |
SHYT- 226 |
“Qo‘rg‘ontepa-Qorasuv” |
Damas |
20. |
SHYT- 227 |
“Qo‘rg‘ontepa-Jalaquduq avtostansiyasi” |
Damas |
21. |
SHYT- 336 |
“Asaka avtostansiyasi-Dasturxonchi” |
Damas |
Andijon viloyati hududidagi shahar, shahar atrofi va viloyat ichi shaharlararo yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha elektron tarzda
OCHIQ TENDER O‘TKAZILADI.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 738-sonli qarori talablariga muvofiq shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashish yo‘nalishlarini biriktirish yuzasidan ochiq tenderlar faqat elektron axborot tizimi orqali o‘tkaziladi. Tenderda belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan, tegishli ravishda avtomobil transportida shahar, shahar atrofi, shaharlararo va xalqaro yo‘lovchilar tashuvlarini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan hamda elektron axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslarning qatnashishiga yo‘l qo‘yiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 6 dekabrdagi 738-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Shahar, shahar atrofi, shaharlararo (Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar ichida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar va viloyatlararo) va xalqaro yo‘nalishlarni biriktirish bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risida NIZOM”ga muvofiq:
- Tenderda qatnashish uchun takliflar talabgorlar tomonidan axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etiladi;
- Aynan bitta avtotransport vositasi bir vaqtning o‘zida bir nechta tugallanmagan lotlarga hamda amaldagi shartnomaga muvofiq yo‘nalishga biriktirilgan avtotransport vositalarining tender taklifi sifatida axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi (shartnomaning amal qilish muddati tugashiga oltmish va undan kam kun qolganida mazkur shartnomada ko‘rsatilgan avtotransportlarning axborot tizimiga kiritilishiga yo‘l qo‘yiladi).
Talabgor tender takliflarini taqdim etishi uchun tenderni tashkil etish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida e’lon berish xarajatlarini qoplash uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida to‘lovni Bank hisob raqami orqali O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligi hisob raqamiga (ATB “Ipoteka bank” Chilonzor bo‘limi, h/r: 4014108604262773422967279, bank kodi 00997, STIR: 202811527) o‘tkazib, o‘z tender takliflarini axborot tizimi (e-tender.uztrans.uz) orqali taqdim etishi kerak.
Tender takliflari belgilangan muddat yakunlanganidan keyin qabul qilinmaydi hamda Tender takliflari taqdim etilganidan keyin qatnashchilar ularga tuzatish kiritish huquqiga ega emas.
Qatnashchilardan tender bo‘yicha kelib tushgan takliflar axborot tizimi orqali avtomatik tarzda baholanadi.
Tenderni tashkillashtirish bo‘yicha vakolatli organ: O‘zbekiston Respublikasi transport vazirligi Andijon viloyati transport boshqarmasi.
Ma’lumot uchun telefon: (+99871) 202-05-01 (360)
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI