XO'JAOBOD - IMOM OTA YO'NALISHIDA AVTOBUSLAR HARAKATI YO'LGA QO'YILDI

16.05.2022

   Bugungi kunda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog‘laydigan yo‘nalishlarda jamoat transporti harakatini tashkil etish hamda ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha transport boshqarma tomonidan belgilab olingan ishlar amalga oshirilmoqda.

   Xususan viloyatning tadbirkorlik faoliyati rivojlangan hamda tekstil sanoati bilan ajralib turuvchi Xo‘jaobod tumanida ichki turizmni rivojlantirish hamda qishloqni tuman markazi bilan bog‘laydigan Xo‘jaobod – Imom ota ziyoratgohi yo‘nalishida 8 dona avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

   Avtobuslar tumanda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi “SHAX IDEAL GROUP” MCHJ tomonidan qo‘yilib hozirda grafik asosida 2 ming so‘m yo‘l kira evaziga yo‘lovchilar tashishni amalga oshirishni boshladi.

Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI