Andijon shahridagi avtobuslarga yo‘l harakati qoidalarini buzganlarni aniqlovchi kameralar o‘rnatilmoqda


Andijon shahar yo‘nalishlarida harakatlanayotgan 20 ta yangi rusumdagi avtobuslarga shaharning tirbandliklari yuqori bo‘lgan hududlardagi hamda umumiy o‘rta taʼlim maktablari va maktabgacha taʼlim muassasalari hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llaridagi harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida yo‘nalishlarda qoidabuzarliklarni aniqlay oladigan maxsus qurilmalar bilan jihozlandi.
Ushbu maxsus qurilmalar telefon, yo‘l chiziqlari, yo‘l belgilari, svetofor ishoralari, xavfsizlik kamari hamda bekatlardagi qoidabuzarliklarni aniqlab boradi. Maxsus qurilmalar qoidabuzarliklarni avtomatik tarzda simulatsion markazga yuborib turadi.
Maʼlumot uchun Andijon shahrida ushbu kabi avtobuslar soni 21 taga etdi. Andijon shahridagi harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida maxsus qurilmali avtobuslar sonini 80 taga yetkazish ko‘zda tutilgan.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI