Rasmiy Munosabat

24.05.2022

Bugun Andijon bugun telegram ijtimoiy tarmog‘ida “Andijon shahrida avtobus haydovchilari o‘qiganmi, yoki ichib olib yuribdimi? Yoki poyga o‘ynayapti (Prospekt, katta osmani oldida bo‘libdi, nomeri 60 735 MBA)” eʼlon qilingan video material yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.

Ushbu video materialda ko‘rsatilgan qo‘pol qoidabuzarlik 94-sonli “Andijon qishloq xo‘jaligi oliygohi – Mustaqillikning 18 yilligi massivi” yo‘nalishida yo‘lovchilar tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi davlat raqam belgisi 60735MBA bo‘lgan avtobus haydovchisi tomonidan amalga oshirilganligi aniqlandi.

Yuqoridagilarga asosan ushbu transport vositasi haydovchisiga nisbatan IIB YHXB inspektorlari tomonidan qonunda belgilangan tartibda bayonnoma rasmiylashtirildi. Shu bilan brgalikda korxona tomnidan haydovchiga nisbatan hayfsan e'lon qilinib lavozimidan ozod etildi.

Ushbu kabi holatlar takrorlanmasligi uchun transport boshqarmasi hamda IIB YHXB inspektorlari tomonidan joylarda tushuntirish va targ‘ibot ishlari amalga oshirilmoqda.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI