DIQQAT SAYYOR QABUL


Maʼlumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan eʼlon qilingan 2022 yil – «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili» va Davlat dasturi ijrosi yuzasidan joylarda qator vazirlik, idora va tashkilotlarning mutasaddi vakillari rahbarligida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi belgilangan.
Shunga asosan joriy yilning 25 - may kuni Andijon sharidagi Lokomotiv deposida O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori M.Xodjayev boshchiligida Transport vazirining o‘rinbosari J.Choriyev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisining o‘rinbosari X.Omonov, “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruv direktori o‘rinbosari B.Mirusmanov va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari J.Tursunovlar ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilishi belgilangan.
Viloyatimizning barcha aholisi ushbu qabulda o‘z murojaatlari asosida ishtirok etishi mumkinligini maʼlum qilamiz.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI