SAYYOR QABUL DAVOM ETMOQDA

25.05.2022

   Avval eʼlon qilganimizdek bugun Andijon shahridagi Lokomotiv deposida O‘zbekiston Respublikasi Transport prokurori M.Xodjayev boshchiligida Transport vazirining o‘rinbosari J.Choriyev, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisining o‘rinbosari X.Omonov, “Uzbekistan AirportsAJ boshqaruv direktori o‘rinbosari B.Mirusmanov va Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi rayisining o‘rinbosari J.Tursunovlar ishtirokida transport sohasida faoliyat yuritib kelayotgan ishchilar bilan sayyor qabul bo‘lib o‘tmoqda.Mutasaddi mansabdor shaxslar oldida aholining transport sohasi bo‘yicha muammolari, soha vakillarining kasbiy faoliyatiga oid masalalari ko‘rib chiqilib ijobiy yechimlar asosida hal etilmoqda.

   Sayyor qabulda aholining ayrim muammolarini hal etish, ayrim to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha bevosita masʼul bo‘lgan tegishli tashkilotlarga ijrosi yuzasidan ko‘rsatmalar berilib ijrosi yuzasidan muddatlar belgilanib olinmoqda. Shu bilan birga, fuqarolarning ayrim murojaatlari qabulning o‘zida hal qilindi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI