DAVLAT RAMZLARI – G‘URURIM IFTIXORIM


Mustaqil Respublikamizning “Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilinganiga ham 28 yil to‘lmoqda. Mamlakatimiz o‘z mustaqilligining dastlabki yillaridayoq o‘z gerbiga ega bo‘ldi. 1992-yilning 2-iyulida “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilingan edi. Davlat gerbi — davlat suverenitetining ramzi hisoblanib, u yer yuzi sarhadlarida mustaqil O‘zbekiston davlati borligini anglatadi va o‘zida milliy-madaniy an’analarimizni mujassamlashtiradi.
Konstitusiyamizning 5-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlanadigan o‘z davlat ramzlari — bayrog‘i, gerbi va madhiyasiga ega”, deya ramzlarimizning huquqiy asoslari mustahkamlab qo‘yilgani barchamizga ayon. Mustahkam huquqiy asosga ega bo‘lgan bayroq, gerb va madhiyamiz esa davlat va xalq birligini namoyon etadi.
Davlat va millatning mavjudligi, xalqning mentaliteti, orzu-o‘ylari, tafakkur tarzi, ruhiyati va o‘ziga xosligi uning ramzlarida aks etadi. Shu sababdan ramzlar shu yurt uchun eng muqaddas qadriyat sifatida baholanadi. Davlat ramzlari orasida davlat tili va gerbi ham alohida ahamiyatga ega.
29 - iyun kuni Andijon viloyati transport boshqarmasida tashuvchi korxona rahbarlari hamda idora xodimlari ishtirokida boshqarma boshlig'i tomonidan ma'naviyat soari tashkil etildi.
Suhbat davomida davlat gerbining mazmun-mohiyati, uning ahamiyati haqida qiziqarli va muhim ma’lumotlar berildi. Shuningdek, davlat va millat mavjudligining ramzi bo‘lmish davlat tili mavzusiga alohida to‘xtalib, bugungi kun uchun buning ahamiyatini dildan his etish va amaliyotga joriy etish masalalariga har bir shaxs mas’ul ekanligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, tadbir so‘ngida ishtirokchilar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI