Biz giyohvandlikka qarshimiz


Giyohvandlik va giyohfurushlik yosh avlod tarbiyasiga, insoniyat kelajagiga katta ziyon yetkazayotgani butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda. Shu sababli bu ofatga qarshi kurash hozirda yer kurrasidagi global muammolardan biriga aylandi.
Asr vabosiga qarshi kurashish – barchamizning ishimiz. O‘zini shu yurt farzandiman, deb bilgan har bir fuqaro bu harakatdan chetda turmasligi kerak. Mazkur jarayon umummilliy kurashga anglanmog‘i shart. Shundagina minglab yoshlarimizning kelajagini, oilalarimiz osoyishtaligini saqlab qolgan bo‘lamiz.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI