Tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini amalga oshirish yuzasidan tashkil etilga seminar

06.06.2022

  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi “Tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini joriy qilish hamda mahsulotlarii avtotransportda tashish hizmatlariiing elektron logistika savdo portalini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 777-son qarorida Transport vazirligiga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha transport boshqarmalari tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

  Xususan, bugun Andijon viloyatida yuk tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashuvchi korxona rahbarlari bilan birgalikda “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ Andijon filialida seminar tashkil etildi.

   Ushbu seminarda soha mutaxassislari tomonidan tashuvchi korxona rahbarlariga tovar-xom ashyo birjalarida fyuchers savdolarini amalga oshirish mexanizmlari uning qulayliklari bo‘yicha axborotlar berib o‘tildi.

  Shu bilan birgalikda tashuvchi korxona rahbarlarining savol-javoblariga “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ Andijon filiali rahbariyati tegishli tartibda javoblar berib tashuvchilarning huquqiy bilimlarini oshirdilar.

  Shuningdek, tashuvchi korxona va “O‘zbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJ Andijon filiali mutaxassislari tegishli tartibda tadbirkorlarga doimiy ko‘mak va huquqiy yordam berish maqsadida telegram ijtimoiy tarmog‘ida maxsus guruh yaratildi. Ushbu guruhda tashuvchi korxona rahbarlarida yuzaga kelgan savollar o‘z mutaxassislari tomonidan o‘z vaqtida javob berishligi belgilab olindi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI