Viloyatda jamoat transporti faoliyati faollashmoqda

Bugungi kunga kelib jamoat transportini faqatgina shahar hududidagi yo‘nalishlarda emas balki qishloqni tuman-markazi bilan tuman markazini-shahar markazi bilan bog‘lovchi yo‘nalishlarda ham arzon sifatli jamoat transportini tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugun Paxtaobod tumanining Madaniyat massivi orqali to‘g‘ridan - to‘g‘ri shahar markazi bilan bog‘lovchi yo‘nalishda yaʼni
"Madaniyat” chegara posti – Andijon avtovokzali” yo‘nalishida yangi zamonaviy rusumdagi 10 ta ZHONG TONG rusumidagi mikroavtobuslar qatnovi tashkil etildi.
Yangi tashkil etilgan yo‘nalish chet ellik hamda mahalliy aholi uchun jamoat transporti qatnovi juda muhim ekanligi inobatga olingan holda tashkil etildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI