RASMIY MUNOSABAT


Bugun telegramm ijtimoiy tarmog‘ida Vodiy bozor kanali orqali Shopirlar ayni vaqtlarda (Taksichilarga litsenziya qilish yo‘qoldi) nomli video material yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Bugun Prezidentimizning tegishli qarori bilan avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratildi:
Ushbu qulayliklardan biri bevosita - 2022 yil 1 sentyabrdan 2024 yil oxiriga qadar yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga kiritilmoqda. Bunda:
– litsenziya varaqasini berishda avtomobilning 10 yillik ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi;
– majburiy tibbiy va texnik ko‘rik muddati 1 yilda 1 marta qilib belgilanadi;
– o‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilardan, shu jumladan yuridik shaxslardan litsenziya varaqasi berilganligi uchun davlat boji miqdori 300 ming so‘m etib belgilanadi.
Hurmatli haydovchilar Sizga shuni maʼlum qilamizki Vodiy bozor kanali orqali eʼlon qilingan materialda Taksichilarga litsenziya qilish yo‘qoldi mazmunidagi xabar hech qanday yuridik kuchga ega emasligini maʼlum qilamiz.
Hozirda kanal administratsiyasi bilan ushbu xabarga o‘zgartirish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI