Inspektorlar tomonidan 1-yarim yillik davomida o‘tkazilgan nazorat tadbirlari hisoboti

2022 - yilning 1 - yarm yilligi davomida Avtomobil tashuvlarini muvofiqlashtirish inspektorlari tomonidan nazorat tadbirlari natijasida jami 3754 nafar fuqarolar litsenziya kartochkasiz noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotganligi aniqlanib maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib sud organiga yuborilgan.
Sud organi tomonidan 2329 nafariga MJtKning 271 - modda 11 - bandiga asosan huquqbuzarlik aniqlangan paytdan eʼtiboran o‘ttiz kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etganligi sababli maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlar yuritish istisno etilgan (maʼmuriy jarimalar qo‘llanilmagan), 416 nafar haydovchilarga MJtKning 176 - 3 – moddasiga asosan jarimalar qo‘llanilgan.
Sudlar tomonidan huquqbuzarlarga nisbatan 667,73 million so‘m jarimalar qo‘llanilgan.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI