JOYLARDAGI OCHIQ MULOQOTLAR

02.08.2022

      Andijon avtovokzalida yo‘nalishli transport vositalarida aholiga transport xizmati ko‘rsatayotgan haydovchilari bilan ochiq suhbatlar olib borildi.

   Ochiq suhbat mobaynida birinchi navbatda haydovchilarga kunning issiq bo‘lishiga qaramasdan viloyatimiz aholisiga transport xizmati ko‘rsatayotgani uchun minnatdorchilik bildirib o‘tildi.

   Shundan so‘ng haydovchilarning yo‘lovchilar bilan hush muomalada bo‘lish harakat xavfsizligiga rioya etishi hamda haydovchilar madaniyatiga doir masalalar ko‘rib chiqildi.

   Shu bilan birgalikda yo‘nalishda noqonuniy yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar uchun qonunchiligimizda mavjud bo‘lgan normativ huquqiy hujjatlar to‘g‘risida maʼlumotlar berib o‘tilib, haydovchilar tomonidan berilgan savollariga transport boshqarmasi Avtomobil transporti bo‘limi boshlig‘i tomonidan asosli javoblar berib o‘tildi.
  



Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI