PROFILAKTIK TADBIRLAR

12.08.2022

   Boshqarma xodimlari tomonidan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturi doirasida shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar bilan YPX maskanlarida yo‘l transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

   Tadbirlar davomida haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga, sanitariya talablariga, mehnat va dam olish tartibiga, avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish qoidalariga qatʼiy rioya etishi nazorat qilinmoqda.

   Shuningdek, haydovchilarga tasdiqlangan yo‘nalish xaritasiga muvofiq harakatlanishi, yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish davomida belgilangan meʼyordan ortiq yo‘lovchi tashish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi yana bir bor eslatib o‘tildi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI