Bilasizmi


O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatga olingan yuk avtomobili yoki shatakchi avtomobil hamda xorijiy davlat hududida ro‘yxatga olingan tirkama yoki yarim tirkamadan iborat transport vositalari tarkibidan foydalangan holda amalga oshiriladigan xalqaro tashishda, yuk avtomobili yoki shatakchi avtomobilga olingan litsenziya varaqasi transport vositalarining butun tarkibi uchun amal qiladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 30 iyuldagi 636-son Qarori
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI