Yo‘nalishlarda yo‘l transport xodisalarini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

27.08.2022

   Andijon viloyati IIB YHXB inspektorlari hamda Transport boshqarmasi inspektorlari bilan birgalikda yo‘nalishlarda yo‘l transport xodisalarini oldini olish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 

Andijon jome masjidi imomi tomonidan haydovchilar bilan o'tkazilayotgan targ'ibot

   Profilaktik tadbirlarda fuqaro va haydovchilarga yo‘nalishlarda tezlikni oshirmaslik, transoport vositalari orasidagi masofani saqlash, yuk avtotransoport vositalarini o‘ng tomonidan quvib o‘tmaslik, temir yo‘l kesishmalarida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish, piyodalar va ta’lum muassasalari yonidan o‘tuvchi yo‘llarda ehtiyotkorlikni oshirish bo‘yicha tushunchalar berilmoqda.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI