YO‘LOVCHI TASHISHDA TARTIB-TAOMILGA RIOYA ETMASLIK HOLATLARI SUDDA MUHOKAMA QILINDI

23.09.2022

   Jinoyat ishlari bo‘yicha Qo’rg’ontepa tumani sudida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullanayotgan fuqarolarga nisbatan viloyat transport boshqarmasi xodimlari tomonidan tuzilgan bayonnomalar ko‘rib chiqildi.

    Sir emas, yo‘lovchilarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanuvchi ayrim fuqarolar tomonidan mazkur faoliyatni litsenziyasiz amalga oshirish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar tez-tez uchrab turadi. Ularning faoliyatini qonunga muvofiqlashtirish esa muhim vazifalardan biri.

 Chunki mazkur yo‘nalish litsenziyalanadigan faoliyat turlariga kirishi ko‘plarga ma’lum. Zero, bu jarayon haydovchilardan katta mas’uliyat, yo‘lovchilar hayoti uchun javobgarlik hissi, o‘ziga yarasha tartib-intizomni talab yetadi.

     Xususan, Jinoyat ishlari bo'yicha Qo'rg'ontepa tumani jinoiy sud raisi Parpiyev Nozimjon raisligida o‘tkazilgan sud majlisida ham yuqoridagi jihatlar atroflicha tushuntirilib, litsenziyasiz faoliyat qonunga xilof ekanligini qayd etildi.

    

   Sud jarayonida 63 nafar fuqaroga nisbatan yuritilgan ma’muriy bayonnomalar ko‘rib chiqildi. Ularning 24 nafari faoliyatini belgilangan bir oy mobaynida qonuniylashtirib olganligi bois ma’muriy ish ko‘rib chiqilishi tugatildi. Yana 39 nafariga esa belgilangan tartibda faoliyatini qonuniylashtirib olmaganligi sababli jarima choralari qo‘llandi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI