Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirish yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirilishi yo'lga qo'yildi

03.10.2022

    Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida “Avtotransport vositalarining taqiqini tekshirishga ariza yuborish” yangi davlat xizmati ishga tushirildi.

   

   Ushbu xizmatdan foydalanish uchun birinchi navbatda yagona interaktiv xizmatlari portalidagi shaxsiy kabinetda transport vositasi to‘g‘risidagi maʼlumotlar bo‘lishi talab etiladi.

   Albatta ushbu xizmatdan yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanish mutlaqo bepul hamda xizmat ko'rsatish avtomatik tarzida amalga oshiriladi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI