AEROPORTDA PARVOZLAR XAVFSIZLIGINI TAʼMINLASH


Andijon viloyati transport boshqarmasi, viloyati ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi, Transportda xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi hamda Aeroportda xavfsizlikni taʼminlash mutaxassislari bilan birgalikda Andijon xalqaro aeroporti atrofidagi fermer xo‘jaliklari bilan profilaktik suhbatlar olib borildi.
Profilaktik suhbatlarda aeroport hududida parvozlar xavfsizligini taʼminlashda fermer xo‘jaliklari tomonidan aeroport hududi atrofidagi 15 kilometr masofada donli va boshoqli ekinlarni tashkil etmaslik noqonuniy chiqindixonalar tashkil etilishini oldini olish bo‘yicha fermer xo‘jaliklari maʼsul xodimlariga ogohlantishlar berildi.
Albatta amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar normativ huquqiy hujjatlarga asosan tashkil etilmoqda.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI