Jamoat transporti yo‘nalishlarini optimallashtirish

06.10.2022

  Jamoat transporti yo‘nalishlarini optimallashtirish bo‘yicha amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar Viloyat IIB YHXB hamda transport boshqarmasi xodimlari ishtirokida muhokama etildi.

  Optimallashtirishda birinchi navbatda shahar yo‘nalishlarida jamoat transport yo‘nalishlarini optimallashtirish, jamoat transporti yo‘nalishlariga parallel yo‘nalishlar pasportlarini tegishli tartibda bekor qilish hamda jamoat transporti yo‘nalishlariga parallel ravishda qatnovchi yo‘nalishli taksi yo‘nalishlarini bosqichma-bosqich yangi yo‘nalishlarga o‘tkazish bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar taqsimlandi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI