Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha boshqarmaning 3 - chorak hisoboti

11.10.2022

  Bugungi kunda fuqarolarimizning murojaat va takliflari joylarda o‘rganilib chiqib tegishli tartibda ishlar tashkil etilib hal etilmoqda.

  Albatta xar bir ko‘rib chiqilayotgan murojaatlar belgilangan tartibda qonun doirasida ko‘rib chiqilib hal etilmoqda.

  Baʼzi bir muammo va takliflar boshqarma vakolat doirasiga kirmagan taqdirda boshqa tashkilotlarga yuborilmoqda.

  Yil boshidan buyon boshqarmaga jami 315 ta murojaat kelib tushgan.

  Shundan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ishonch telefoni orqali 195 ta, Prezident xalq qabulxonasi orqali 44 ta, fuqarolarning boshqarmaga kelgan holda 28 og‘zaki va 48 ta yozma murojaatlari kelib tushgan.

  Ko‘rib chiqilgan murojaatlarning 229 tasi hal etilgan, 75 tasiga tushuntirishlar  berib o‘tilgan, 1 ta murojaat rad etilgan,  3 ta murojaat tegishliligi bo‘yicha boshqa tashkilotlarga yuborilgan. Ushbu murojaatlarning bugungi kun holatiga 7 ta murojaat ko‘rib chiqish jarayonida.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI