O‘zini o‘zi band qilgan tashuvchi sifatida faoliyat yuritish bo‘yicha  boshqarma inspektorlari tomonidan joylarda o‘tkazilayotgan targ‘ibotlar    

25.09.2022

 

    Maʼlumki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 7 iyundagi “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan.

Ushbu qaror talablari asosida  

-  2022 yil 1 sentyabrdan boshlab avtotransport vositasini boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomalarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda rasmiylashtirishi,

-  2022 yil 1 sentyabrdan boshlab fuqarolar va yo‘lovchi tashish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslar o‘rtasida tuziladigan transport vositasi ijarasi shartnomalarini notarial tasdiqlash talabi bekor qilinganligi hamda ularni davlat soliq xizmati organlari axborot tizimlari orqali elektron tarzda hisobga qo‘yilishi,

-  2022 yil 1 sentyabrdan 2024 yil oxiriga yo‘lovchilarni haydovchidan tashqari to‘rttadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega bo‘lgan yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat (ishlar, xizmatlar) turlari ro‘yxatiga kiritilganligi,

-  o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni yengil avtotransport vositalarida tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshirilishi,

-  litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinligi hamda litsenziya va litsenziya varaqasi uchun BНM 1 baravari (300 минг сўм) belgilab o‘tilayotgani to‘g‘risida maʼlumotlar joylarda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan yo‘lovchilarga  boshqarma inspektorlari tomonidan tushuntirishlar berib o‘tmoqda.

 

Andijon viloyati transpоrt boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI