Andijonda jamoat transportlarida yo‘l kira narxlari oshirildi

14.10.2022

   

    Andijon viloyati hokimining 2022 yil 11 oktyabridagi № 461-1-0-Q/22 sonli Qaroriga asosan 15-oktyabr sanasidan yo‘l kira narxlari 1500 so‘m etib belgilandi.

   Albatta Andijonda sharida elektron to‘lov tizimini yanada rivojlantirish maqsadida ATTO terminallari orqali to‘langanda to‘lov miqdori 1300 so‘mni tashkil etadi.

   

Maʼlumot uchun: shahar jamoat transportida cheklangan tarif oxirgi marta 2018-yilda 1000 so‘mga oshirilgan edi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI