Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 14-oktyabrdagi “Davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan odob-axloq qoidalariga rioya etilishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 595-sonli Qarori mazmun - mohiyati yuzasidan Andijon viloyati hokimligida ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ochiq muloqot davomida ushbu qaror «Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda davlat xizmatchilarining xizmat faoliyatiga oid va xizmatdan tashqari odob-axloqi, jamoatchilik bilan munosabatlariga doir qoidalarga rioya etilishini ta’minlash maqsadida qabul qilinganligi aytib o‘tildi.
Shu bilan birgalikda odob-axloq qoidalari davlat xizmatida yuksak kasbiy madaniyatni shakllantirish, jamoatchilik ongida davlat xizmatiga bo‘lgan hurmat va ishonchni oshirish hamda davlat xizmatchilarining axloq qoidalariga zid bo‘lgan xatti-harakatlarining oldini olishga qaratilganligi bildirib o‘tildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI