Transport tizimini rivojlantirishda Latviya tajribasi o‘rganilmoqda


Bugun Latviya va O‘zbekiston vakillarining jamoat transporti va taksi faoliyatini tashkil etish masalalari bo‘yicha uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Birinchi navbatda bugungi kun tartibida mintaqaviy ahamiyatga ega yo‘nalishlarda jamoat transporti harakatini tashkil etish masalalarini muhokama etildi.
Shundan so‘ng birgalikda Latviyada taksi faoliyati bilan shug‘ullanishda ro‘yxatdan o‘tish va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanishda litsenziyalar berish tartibi hamda ularni olish uchun mo‘ljallangan mobil ilovalar to‘g‘risida axborotlar bilan tanishildi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI