O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri rahbariyati hamda Prezident maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi joylarda uchrashuv

01.12.2022

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri rahbariyati hamda Prezident maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi joylarda uchrashuvlar o‘tkazilinib kelinmoqda.

Xususan, bugun Andijon viloyati transport boshqarmasi rahbariyati Andijon Prezident maktabida amaliy tashrif bilan bo‘ldi.

Tashrif davomida o‘quvchi yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida Respublikasimiz hududida transport sohasidagi ya'ni avtomobil transporti, temir yo‘l transporti, daryo transporti, havo transporti hamda avtomobil yo‘llarida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil maʼlumotlar berib o‘tildi.

Shuningdek tadbir so‘nggida o‘quvchi yoshlarning taklif va savollariga javoblar berib o‘tildi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI