Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi tashabbusi bilan tumandagi OTM o‘quvchilari uchun bepul jamoat transporti harakati yo‘lga qo‘yildi

12.12.2022

    Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani hokimligi tashabbusi bilan tumandagi OTM o‘quvchilari uchun haftada ikki martalik bepul jamoat transporti harakati yo‘lga qo‘yildi.

    Ushbu jamoat transportlari orqali talabalar yakshanba kuni o‘zlari yashovchi hududlardan avtobusga o‘tiradi va o‘qish joyiga qadar eltib qo‘yiladi. Shanba kuni esa, o‘qish joylari oldidan uylariga qadar olib kelinadi.

    Talabalar uchun Qo‘rg‘ontepaning 8 ta hududiga (Markaz, Qo‘rg‘ontepa, Qorasuv, Sultonobod, Dardoq, Chimyon, Qo‘shtepa, Savoy qishloqlariga) jami 11 ta avtobuslar yuborildi.

     Shu bilan birgalikda tuman xokimligi tomonidan talabalar uchun maxsus bepul yo‘l chiptasi ishlab chiqilgan hamda talabalarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida maxsus telegram bot ishlab chiqilgan.

     Telegram bot orqali talabalar avtobuslarni o‘zlari maʼqul ko‘rgan vaqtga grafigini o‘zgartirishlari hamda qo‘shimcha maʼlumotlar xususida batafsil axborot olishlari mumkin.

    Joriy yilning 11-dekabrʼ kuni birinchi qatnov amalga oshirildi. Qatnov davomida 700 ga yaqin OTM talabalari  o‘zlari yashovchi hududlardan Andijon temir yo‘l vokzaliga olib kelindi (ushbu qatnov barcha talabalar uchun qulay bo‘lgan joyga aalga oshirildi).

      Tuman hokimligining maʼlum qilishicha talabalar sonini 1000-1500 taga etkazish belgilab olingan. Hozirda ushbu qatnovlarni 2023-yilning 1-martiga qadar amalga oshirish belgilab olingan.

 

Аndijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI