Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi mavzusidagi davra suhbati

Ko‘p borada taʼkidlanganidek, korrupsiya bu - davlat va jamiyatning rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavfli jinoyat hisoblanadi.
Shu sababdan ham mamlakatimizda ushbu jinoyatning kelib chiqish xavfini oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda.
Mazkur yo‘nalishda Transport vazirligi tomonidan tizim tashkilotlarida xususun Andijon viloyati transport boshqarmasida O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan vazifalarga muvofiq, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, qonunchilik, xizmat intizomi, davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalarga rioya etilishini taʼminlashga qaratilgan keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Andijon viloyati transport boshqarmasida 9 dekabr - xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Unda boshqarmaning barcha ishchi xodimlari ishtirok etishdi.
Tadbir avvalida, yurtimizda va transport sohasida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amaliyotga tatbiq etilgan huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, korrupsiyani oldini olish va unga chek qo‘yishga oid amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar hamda kelgusidagi vazifalar xususida so‘z yuritildi.
Maʼlumot uchun, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003-yil 21-noyabridagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004-yildan boshlab “9 dekabr – Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlanmoqda.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI