“Diqqat, yo‘lovchi!”, “Diqqat, bolalar!” nomli profilaktik tadbir

08.12.2022

 

   O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyulidagi “2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ–316-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Nazorat rejasida belgilangan vazifalar ijrosi joylarda taʼminlanib kelinmoqda.

    Xususan bugun Andijon viloyati IIB YHXB hamda transport boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Diqqat, yo‘lovchi!”, “Diqqat, bolalar!” profilaktik tadbiri Qo‘rg‘ontepa tumani Tibbiyot kolleji talabalari o‘rtasida muhokama etildi.

    Tadbir davomida kollej talabalariga inson hayoti va sog‘ligi ulug‘ neʼmatligi uni asrash va avaylash bizning burchimizligi, yo‘llardagi yo‘l transport ishtirokchilari piyoda va haydovchilar yo‘l harakati qoidalarigi rioya etishlari ularning sog‘ligi va hayotining muhim omili ekanligi taʼkidlandi.

   Shu bilan birgalikda talaba yoshlarga o‘qishga kelish mobaynida avtomobil yo‘llaridan o‘tish davomida faqatgina piyodalar o‘tish yo‘laklaridan o‘tishi kerakligi aytib o‘tildi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI