Umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchi o‘rtasida “Diqqat, yo‘lovchi!” targ‘ibot tadbiri

15.12.2022

  O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyulidagi “2022-2026 yillar davomida amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” PQ–316-son qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan Nazorat rejasida belgilangan vazifalar ijrosi joylarda taʼminlanib kelinmoqda.

  Xususan bugun Andijon viloyati IIB YHXB hamda transport boshqarmasi xodimlari ishtirokida “Diqqat, yo‘lovchi!”, “Diqqat, bolalar!” profilaktik tadbiri Izboskan tumani 6-umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchi o‘rtasida muhokama etildi.

   Umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘quvchi yoshlariga bugungi kunda yoshlar bilan sodir bo‘layotgan ayanchli yo‘l transport hodisalari kelib chiqish sabablari hamda uning kelib chiqishi omillari xususida axborotlar berib o‘tildi. Shu bilan birgalikda taʼlim muassasasiga kelib ketishda piyodalar yo‘lakchalarida yurish hamda avtomobil yo‘llarini kesib o‘tishda piyodalar o‘tish yo‘laklaridan harakatlanish lozimligi taʼkidlandi.

 

Andijon viloyati transport boshqarmasi

AXBOROT XIZMATI