Telegram ijtimoiy tarmog‘ining Bastion kanalidagi murojaatga MUNOSABAT


Kecha telegram ijtimoiy tarmog‘ining Bastion kanalida 75-sonli, Andijon-Jalaquduq, Jalaquduq-Yu.Olamushuk yo‘nalishlaridagi yo‘l kira narxlari ortganligi yuzasidan ota onalar va fuqarolar murojaati kelib tushdi.
Ushbu murojaatlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Hurmatli ota-onalar 75-sonli Eski shahar – Pistamozor (Universitet ko‘chasi) yo‘nalishi uzunligi 12,5 km.ni tashkil etadi. Agar Sizning farzandingiz ADUda tahsil olsa u salkam 5-6 km.ni transportda bosib o‘tadi.
Ko‘plab talabalar murojaatlari va takliflari asosida 75-sonli yo‘nalishda zamonaviy rusumdagi 8 ta avtobuslar qatnovi (oraliq interval 10 min) tashkil etildi.
Avtobuslar naqd pulda 1500 so‘m, elektron to‘lov tizimi orqali 1300 so‘m (Humo, ATTO, VIZA).
Siz va boshqa ota-onalar farzandingizni jamoat transportidan foydalanishga o‘rgating.
Andijon-Jalaquduq, Jalaquduq-Yu.Olamushuk yo‘nalishlari bo‘yicha ishchi guruh tashkil etilib o‘rganish ishlari olib borilmoqda. O‘rganish ishlari bo‘yicha qo‘shimcha axborotlar beriladi.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI