RASMIY MUNOSABAT


Bugun telegram ijtimoiy tarmog‘ining Vodiy1.uz kanalida “Xohlasang chiq – Andijonda avtobuslar faqat naqd pulga yuradimi” mazmunidagi fuqarolar murojaatiga quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Bugungi kunda Andijonda zamonaviy rusumdagi 80 ta avtobuslar mavjud. Ushbu avtobuslarning 63 tasida elektron to‘lov tizimi ATTO joriy etilgan.
Boshqarma “Avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi” MCHJ tomonidan 17 ta zamonaviy rusumdagi avtobuslarga ham tez fursatlarda terminallar o‘rnatilishini maʼlum qiladi.
Fuqarolar murojaati asosida boshqarma masʼul xodimlari hamda “Avtomatlashtirilgan transport to‘lov tizimi” MCHJ rahbariyati tomonidan o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganishlar natijasida bugungi 20:00 holatiga 61 ta avtobuslardagi ATTO elektron to‘lov tizimi ishlayotganligi aniqlandi.
Endilikda fuqarolar tomonidan ushbu kabi muammolar kelib chiqgan taqdirda boshqarmaning rasmiy telegram botiga avtobuslarning davlat raqam belgisini ochiqlagan holda murojaat etishini bildirib o‘tamiz.
Andijon viloyati transport boshqarmasi
AXBOROT XIZMATI